RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK DASTURCHI MUHANDISLARNI TAYYORLASHDA KOD SIFATINI BAHOLASHNING INNOVATSION USULLARI: MUTATSION TESTLASH VA SUN’IY INTELLEKT MODELLARI INTEGRATSIYASI
Main Article Content
Abstract
Raqamli ta’lim muhitida dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda kod sifatini samarali baholash muhim o‘rin tutadi. An’anaviy qo‘lda tekshirish va avtomatlashtirilgan testlar talabalarning individual xatolarini aniqlash va ta’limiy qayta aloqa (feedback) berishda yetarlicha mufassal bo‘lmaydi. Ushbu maqola ikki ilg‘or yondashuv – mutatsion testlash va sun’iy intellekt modellarini integratsiyalash asosida kod sifatini baholashning innovatsion usullarini tahlil qiladi. Mutatsion testlash sinov to‘plamlarining samaradorligini sintetik nuqsonlar (mutatsiyalar) orqali o‘lchasa, katta til modellari (SI) esa manba kodini tushunib, shaxsiylashtirilgan tavsiyalar bera oladi. Tadqiqotda mavjud ilmiy manbalar asosida mazkur ikki texnologiyaning uyg‘unligi, ularning birgalikdagi imkoniyatlari va ta’lim jarayoniga qo‘shadigan hissasi ochib berilgan. Taklif etilayotgan integrativ ramka sinov sifati va kod uslubini parallel baholash, ekvivalent mutatsiyalarni aqlli aniqlash hamda talabalar uchun individual o‘rganish trayektoriyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Article Details
Section
References
1. Azazi, I., Kiesler, N., & Strickroth, S. Feedback-Generation for Programming Exercises With GPT-4. Proceedings of ITiCSE 2024.
2. Bernik, A., Radošević, D., & Cep, A. A Comparative Study of Large Language Models in Programming Education: Accuracy, Efficiency, and Feedback. Applied Sciences, 15, 10055. 2025.
3. Emirtekin, E. Large Language Model-Powered Automated Assessment: A Systematic Review. Applied Sciences, 15, 5683. 2025.
4. Jia, Y., & Harman, M. An Analysis and Survey of the Development of Mutation Testing. IEEE Transactions on Software Engineering, 37(5), 649–678. 2011.
5. Keuning, H., Jeuring, J., & Heeren, B. A Systematic Literature Review of Automated Feedback Generation for Programming Exercises. ACM Transactions on Computing Education, 19(1), Article 3. 2018.
6. Manorat, P., Tuarob, S., & Pongpaichet, S. Artificial intelligence in computer programming education: A systematic literature review. Computers and Education: Artificial Intelligence, 8, 100403. 2025.
7. Papadakis, M., Kintis, M., Zhang, J., Jia, Y., Le Traon, Y., & Harman, M. Mutation Testing Advances: An Analysis and Survey. In Advances in Computers (Vol. 112, pp. 275–378). Elsevier. 2019.
8. Piech, C., Huang, J., Nguyen, A., Phulsuksombati, M., Sahami, M., & Guibas, L. Learning Program Embeddings to Propagate Feedback on Student Code. International Conference on Machine Learning. 2015.