O‘ZBEK TILIDA PRAGMATIK BIRLIKLARNING IMPLITSIT TA’SIR SALOHIYATI: BAHO, ISHORA VA KONTEKSTUAL TALQIN UYG‘UNLIGI

Main Article Content

Muslimaxon Ubaydulla qizi Abdullayeva

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida pragmatik birliklarning implitsit ta’sir salohiyati baho, ishora va kontekstual talqin uyg‘unligi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nutqida ochiq aytilmagan, biroq kontekst, so‘zlovchi niyati, adresat bilan munosabat va milliy-madaniy tajriba orqali anglashiladigan ta’sir mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Maqolada pragmatik birliklar bevosita lug‘aviy ma’nodan tashqari baho, ishora, ehtiyotkor munosabat, yashirin niyat va adresatga yo‘naltirilgan kommunikativ ta’sirni yuzaga chiqaruvchi lisoniy vositalar sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda tavsifiy, pragmalingvistik, kontekstual, semantik-pragmatik, diskursiv va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, “mayli”, “xo‘p”, “qiziq”, “yomon emas”, “balki”, “o‘zingiz bilasiz”, “yaxshi bo‘lardi”, “ruxsat bersangiz”, “ma’qul ko‘rsangiz”, “keyinroq ko‘rarmiz” kabi birliklar nutqda baholash, ishora qilish, tanqidni yumshatish, yashirin rad etish, ogohlantirish va muloqot muvozanatini saqlash vazifalarini bajaradi. Maqolada bunday birliklarning implitsit ta’sir salohiyati o‘zbek nutqiy odobi va kontekstual talqin bilan bog‘liq holda yoritiladi.

Article Details

Section

Articles

References

1. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – 286 b.

2. Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. – 96 b.

3. Austin J.L. How to Do Things with Words. – Oxford: Oxford University Press, 1962. – 167 p.

4. Searle J.R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969. – 203 p.

5. Grice H.P. Logic and Conversation // Syntax and Semantics. Vol. 3: Speech Acts. – New York: Academic Press, 1975. – P. 41–58.

6. Leech G. Principles of Pragmatics. – London: Longman, 1983. – 250 p.

7. Brown P., Levinson S.C. Politeness: Some Universals in Language Usage. – Cambridge: Cambridge University Press, 1987. – 345 p.

8. Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: filologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2001. – 48 b.

9. Hakimov M., Gaziyeva M. Pragmalingvistika asoslari. – Farg‘ona: Klassik, 2020. – 160 b.

10. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 b.

11. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. – 160 b.

12. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – 136 b.