ONA TILI DARSLARIDA ETNOPEDAGOGIKADAN FOYDALANISHNING MAVJUD HOLATI

Main Article Content

Mohigul Sharipova

Abstract

Ushbu maqolada ona tili darslarida etnopedagogik yondashuvlardan foydalanishning dolzarb jihatlari, mavjud amaliy holati va takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan o‘rganiladi. Etnopedagogika xalqning ko‘p asrlik tarbiya an’analari, udumlari, urf-odatlari, xalq og‘zaki ijodi orqali shakllangan tarbiyaviy tajribalar yig‘indisidir. Ona tili darslarida bu yondashuvni qo‘llash nafaqat tilni chuqur o‘rganishga, balki milliy qadriyatlar asosida ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida Denov tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ona tili o‘qituvchilarining faoliyati tahlil qilinib, etnopedagogik elementlar (maqollar, topishmoqlar, xalq ertaklari, marosimlar va b.) dan foydalanish darajasi, metodikasi va samaradorligi baholandi. So‘rovnomalar va suhbatlar orqali olingan natijalar darslarda etnopedagogik materiallardan tizimli foydalanish hali to‘liq shakllanmaganini ko‘rsatdi. Maqolada bu boradagi to‘siqlar (metodik qo‘llanmalar yetishmasligi, o‘qituvchilarning nazariy tayyorgarligi pastligi) aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Muallif etnopedagogik yondashuvni integratsiyalashgan ta’lim, STEAM yondashuvi va zamonaviy AKT bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot natijalari bosqichma-bosqich tavsiyalar asosida keltirilgan bo‘lib, ona tili ta’limida etnopedagogik yondashuvni samarali joriy etish uchun ilmiy asoslar yaratadi.

Article Details

Section

Articles