O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDA “BOLA” VA “VOYAGA YETMAGAN SHAXS” KATEGORIYALARINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Main Article Content
Abstract
Mazkur maqolada “bola” va “voyaga yetmagan shaxs” tushunchalarining huquqiy tabiati O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi normalari misolida qiyosiy-huquqiy va xalqaro tajriba kontekstida tahlil qilinadi. Mualliflar ushbu atamalarni sinonim sifatida qo‘llash ilmiy-nazariy hamda huquqni qo‘llash amaliyoti nuqtai nazaridan asossiz ekanini asoslab beradilar va qonun chiqaruvchining mazkur kategoriyalarni farqlashdagi terminologik yondashuvi hamda uning huquqiy-amaliy ahamiyatini ochib berishadi.
Article Details
Section
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-y;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi
“Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF- 6275-son Farmoni;
3. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son Qonuni;
4. BMTning 1989-yil 20-noyabrdagi “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya;
5. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son Qonun;
6. Jinoyat huquqi darslik. https://library-tsul.uz/zhinoyat-u-u-i-usmonaliev-m-bakunov-p-2010/;
7. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonun;
8. 1969-yildagi “Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi;
9. BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning davriy hisobotlari yuzasidan berilgan yakuniy tavsiyalarida (xususan, 2022-yildagi CRC/C/UZB/CO/5-6-sonli hujjatda);
10. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi” va “Jinoyat kodeksi”.