TUG‘ILISHDAGI JINSIY NOMUTANOSIBLIK VA UNING AHOLI QARISHI VA MEHNAT BOZORIGA TA’SIRI
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada tug‘ilishdagi jinsiy nomutanosiblik tushunchasi, SRB(sex ratio at birth) - tug‘ilishda jins nisbati va uning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini nazariy asoslarni o‘rganiladi, statistik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi, tug‘ilishdagi jinsiy nomutanosiblikning iqtisodiy va demografik jarayonlarga, xususan aholi qarishi va mehnat bozori rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tug‘ilishda o‘g‘il va qiz bolalar nisbatining me’yoriy ko‘rsatkichlardan chetga chiqishi natijasida yuzaga keladigan uzoq muddatli demografik oqibatlar o‘rganilgan. Jinsiy tarkibdagi nomutanosiblik nikoh bozori, oilaviy munosabatlar va reproduktiv xulq-atvorga ta’sir etishi bilan birga, kelajakda mehnat resurslari tarkibi va hajmining o‘zgarishiga ham sabab bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, aholining yosh-jins tarkibidagi o‘zgarishlar mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi, iqtisodiy faollik darajasi va ijtimoiy ta’minot tizimiga bosimning ortishiga olib kelishi mumkinligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari jinsiy muvozanatni ta’minlash va aholi qarishi bilan bog‘liq muammolarni yumshatishga qaratilgan demografik hamda ijtimoiy siyosat choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Article Details
Section
References
1. Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari https://siat.stat.uz/
2. Gender Imbalance and Economic Development: Causes and Consequences (World Bank Working Paper, 2020) - Monica Das Gupta
3. Sex Imbalances at Birth Current trends, consequences and policy implications (UNFPA Asia and Pacific Regional Office-2012 - Christophe Z. Guilmoto https://www.unfpa.org/publications/sex-imbalances-birth
4. World Bank ma’lumotlari https://data.worldbank.org
5. BMT ma’lumotlari https://populationpyramids.org/ https://worldpopulationreview.com/