SAVDO MARKAZLARIDA COWORKING VA BIZNES ZONALARINING RIVOJLANISHI

Main Article Content

B.I. Inagamov
Nodirbek Ahmadjon o‘g‘li Xudoyberdiyev

Abstract

Mazkur maqola zamonaviy savdo markazlarining funksional va makoniy rivojlanishida coworking va biznes zonalarning tutgan o‘rnini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda masofaviy va moslashuvchan ish shakllarining keng tarqalishi natijasida an’anaviy savdo markazlari ko‘p funksiyali ijtimoiy-iqtisodiy komplekslarga aylanishi kuzatilmoqda. Shu jarayonda coworking va biznes hududlar ushbu obyektlarning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanmoqda.


Tadqiqotning maqsadi savdo markazlarida coworking va biznes zonalarni tashkil etishning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari hamda ularning arxitektura-rejalashtirish xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, taqqoslash, kuzatish va umumlashtirish usullaridan foydalanildi.


Maqolada coworking va biznes zonalarning ijtimoiy, iqtisodiy va funksional ahamiyati yoritilib, ularni savdo markazlari tarkibiga integratsiya qilish orqali obyektning samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu hududlarni loyihalashda zamonaviy arxitektura talablari, ergonomik yechimlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Article Details

Section

Articles

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi — https://stat.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va ko‘ngilochar markazlarining loyihalanishi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. 2022-yil 10-mart, №89-son.

3. “Shaharsozlik va hududiy rivojlanish” maqolalar to‘plami, 2022–2024 yillar.Building Information Modeling (BIM) texnologiyalarining zamonaviy qurilish jarayonlarida qo‘llanilishi. Toshkent, 2022.

4. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz .–T.: –O‘zbekiston‖, 2017–1392 b.O‘zbekiston Respublikasi

5. Alexander, C. A Pattern Language: Towns, Buildings, Construction. Oxford University Press, 1977.

6. Carmona, M. Public Places Urban Spaces. Routledge, 2019.